Samarqand viloyatini 6 yil boshqargan Erkinjon Turdimov ishdan ketdi
2018-yildan beri Samarqand viloyati hokimi lavozimida ishlab kelgan Erkinjon Turdimov prezident farmoni bilan lavozimdan olindi.
28 noyabr
“Kimga va nima uchun yuqori maosh to‘lash kerak”. Bosh vazir o‘rinbosari — tibbiyot xodimlarining ish haqini oshirish haqida
Deputat Qizilgul Qosimova ta’lim va tibbiyot xodimlarining maoshi pastligi ushbu sohalardagi xizmatlar sifatiga ta’siri qilishidan xavotir bildirdi.
27 noyabr
Bukmekerlik xizmatlarini targ‘ib qiluvchi 30ga yaqin sayt bloklandi
Raqobat qo‘mitasi tomonidan qimor va tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlarni targ‘ib qiluvchi saytlarga kirishni cheklash choralari ko‘rilmoqda.
27 noyabr
2025-yildan Toshkent jamoat transportida yo‘lkira narxini oshirish rejalashtirilmoqda
Bir yo‘lovchi qatnovi uchun cheklangan tarif 3 ming so‘m etib belgilanadi. Agar to‘lov onlayn amalga oshirilsa, bu 1 700 so‘mni tashkil etadi.
26 noyabr
IIV Jinoyat qidiruv xizmati boshlig‘i va Toshkent shahar IIBB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari ishdan olindi
IIV Tezkor qidiruv departamenti Jinoyat qidiruv xizmati boshlig‘i Axrorjon Atxamov, Toshkent shahar IIBB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Doniyor Tashxodjayev va IIBB Uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘limi boshlig‘i Timur Sobirov lavozimidan ozod etildi.
25 noyabr
Prezident 2025-yil nega “Atrof-muhitni asrash va „yashil“ iqtisodiyot” yili deb nomlanganiga izoh berdi
Shavkat Mirziyoyev 2025-yilni “Atrof-muhitni asrash va „yashil“ iqtisodiyot yili” deb nomlanishiga izoh berdi. “Yilni shunga bag‘ishlab, qonunlarni charxlab, ishlarni saranjom qilib olamiz. Har bir qaror, farmonni yashillikka olib borsak, yaxshi bo‘ladi”, dedi u.
21 noyabr
Abdulla Aripov bosh vazir etib qayta saylandi
Yashirin ovoz berish yo‘li bilan deputatlar Abdulla Aripovni O‘zbekiston bosh vaziri lavozimiga ma’qulladilar.
20 noyabr
O‘zbekistonda 2025-yil “Atrof-muhitni asrash va „yashil“ iqtisodiyot yili” deb e’lon qilindi
Shavkat Mirziyoyev 2025-yilni “Atrof-muhitni asrash va „yashil“ iqtisodiyot yili” deb e’lon qilishni taklif qildi. Majlisda yig‘ilganlar bu tashabbusni to‘liq qo‘llab-quvvatladilar.
20 noyabr
Prezident yangilangan Senat uchun sakkizta ustuvor vazifani e’lon qildi
Prezident Senatning avvalgi tarkibi xizmatini yuqori baholadi, shuningdek, yangi tarkib oldida turgan sakkizta dolzarb vazifani sanadi. Kengashlarni qonun ijodkorligi jarayoniga jalb qilish, ijro organlari faoliyati ustidan nazorat, korrupsiyaga qarshi kurashishda parlament nazorati shular jumlasidandir.
20 noyabr
Senat yangilangan qo‘mitalarni tuzdi va raislarni sayladi
Oliy Majlis Senatining saylovdan keyingi birinchi majlisida yangilangan yettita qo‘mita va bitta komissiya tuzilib, ulardan oltitasiga rais saylandi. Xotin-qizlar va gender tengligi qo‘mitasi o‘rniga Odob-axloq komissiyasi tashkil etildi.
20 noyabr
“Yagona yechim — 1967-yildagi chegaralar asosida mustaqil Falastin davlatini tuzish”. Shavkat Mirziyoyev — Yaqin Sharqdagi vaziyat haqida
Shavkat Mirziyoyev TDT sammitida Yaqin Sharqdagi vaziyat haqida gapirdi. “Yagona yechim — 1967-yildagi chegaralar asosida mustaqil Falastin davlatini tuzishdir”, — dedi u. Shuningdek, BMTning Falastin qochoqlariga yordam berish bo‘yicha maxsus agentligi faoliyatini cheklashga qaratilgan harakatlarni keskin qoraladi.
06 noyabr
Asaka tumani Ekologiya bo‘limi xodimi 20 ming dollar olishda gumonlanmoqda
Huquqni muhofaza qiluvchi idoralar vakillari Qoraqalpog‘iston, Xorazm va Andijonda korrupsiyaviy jinoyatlarda gumonlangan qator mansabdorlarni qo‘lga oldi. Bir holatda Asaka tumani Ekologiya bo‘limi bosh inspektori fuqarodan 20 ming dollar olayotganida ushlandi.
06 noyabr